Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilarni qasamyod qabul qilish va navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. // Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Regbi-7 xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi va turnir davomida yetakchilik qilib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. // Ot poygasi bo‘yicha jahon chempionati // Sportning "O‘q otish" turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tdi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanlovida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi // Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiylar oilasi» ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi // Voleybol bo`yicha milliy gvardiya kubogi musobaqalari // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahri va viloyati bo‘yicha boshqarmalari ofitserlari, mutaxassis psixologlari ishtirokida axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni tashkillashtirish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida harbiy xizmatchilarga ekstremal vaziyatdagi harakatlar, axloqiy-ruhiy tayyorlashning usul va vositalari tushuntirilib, real voqealikga yaqinlashtirilgan holda, 3 ta o‘quv nuqtasida ko‘rsatib berildi.

Dastavval birinchi o‘quv nuqtasida dala sharoitida ruhiy yengillashtirish xonasini jihozlash va uning ishini tashkil etish tartibi haqida maʼlumot berildi. Shundan so‘ng, maxsus taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida sunʼiy ravishda jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni yaratish orqali harbiy xizmatchining jismoniy va ruhiy kuchini, uning ekstremal harakatlarga, hayot uchun haddan tashqari noqulay omillarga qarshi turish qobiliyatini sinash, iroda va qatʼiyatlikni saqlab qolish, unga qo‘yilgan jangovar vazifani oxirigacha bajarish ko‘nikmalari maxsus yo‘laklarda ko‘rgazmali tarzda bajarildi.

Ikkinchi o‘quv nuqtasida esa harbiy xizmatchilar tomonidan o‘zlariga ishonch va qatʼiyatlilikni oshirish uchun xizmat qiladigan jangovar hayqiriqlari eshitildi. Bundan tashqari o‘q otish tayyorgarligi mashg‘ulotlari jarayonida sunʼiy ravishda jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni yaratish orqali shaxsiy tarkibning dushmanga qarshi muvaffaqiyatli qarshi turish, bilim, ko‘nikma va malaka, jangovar mahorati va o‘ziga ishonchi namoyish etildi.

Uchinchi o‘quv nuqtasi Jamoat xavfsizligi universiteti bazasida o‘tkazildi. Unda majmuaviy to‘siqlar yo‘lagida sunʼiy ravishda barpo etilgan turli to‘siqlardan o‘tish orqali shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini tashkillashtirish usullari o‘quv yig‘ini ishtirokchilariga havola etildi.

Ko‘rgazmali o‘quv yig‘ini yakunida universitet professor o‘qituvchilari ishtirokida milliy va xorijiy tajriba muhokama qilindi va kelgusi rejalar belgilab olindi.

Text to speech