⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI BILAN HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari-Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni general-leytenant R.Jaksilikov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga javob tashrifi bilan keldi.
Milliy gvardiya markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general -mayor R. Djurayev ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etdi va shu bilan qatorda hududiy boshqarmalar hamda viloyat o‘quv markazlari boshliqlari bo‘lsa videokonferensaloqa orqali qatnashdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasida xavfsizlik va harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidlab o‘tishdi.
Qozog‘iston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam ko‘p asrlik do‘stlik va ahil qo‘shnichilik rishtalariga asoslanganini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida rahbarlar bir qator amaliy chora -tadbirlarni o‘z ichiga olgan 2022-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzoladi.
Bundan tashqari, delegatsiya aʼzolari tashrif doirasida Jamoat xavfsizligi universiteti, Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, G‘alaba bog‘i, shuningdek, Milliy gvardiyaning bir qator bo‘linmalariga tashrif buyurdi.
Tashrif anʼanaviy hamda do‘stona muhitda bo‘lib o‘tmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech