“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi / / Bilimlar-sinovlarda va yuqori jangovar shaylik o‘quv mashqlarda toblanadi. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining yuqori bosqich kursantlari dala o‘quv poligonlarida amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda  / / Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasining "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" boshlandi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ham hududlarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash shuningdek, muhofazasini taʼminlash ishlari tashkillashtirilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi // Saylovlarni oʻtkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi / / Olmaliq shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati rivojining hozirgi holati va kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida: kecha va bugun! Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Von Do Yon bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya markazining xizmat itlari MDH davlatlari chempioni nominatsiyasini qo‘lga kiritdi  / / “Milliy gvardiya qo‘shinlarida jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi  / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlari bo‘lib o‘tdi  / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya tizimidagi mutaxassis-kinologlar bilan “Dog-biatlon”, "Mina qidirish" va “Antiterror” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng yaxshi kinolog” sport musobaqasi o‘tkazildi  

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi delegatsiya birodar Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrifning birinchi kuni Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni, general-leytenant R.Jaksilikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ikki idora rahbarlari suhbati chog‘ida jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish hamda harbiy kadrlarni tayyorlashda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif dasturi doirasida O‘zbeksiton delegatsiyasi aʼzolari Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyati va tarkibiy tuzilmalari bilan yaqindan tanishdi hamda Qo‘shinlarni boshqarish markazi va Mudofaa milliy universitetida bo‘lishdi.
Tashrifning muhim voqealaridan biri Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant E.Turgumbayev bilan uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.
Imzolash marosimida tomonlar ushbu Bitimning imzolanishi ikkitomonlama hamkorlikni yana-da yuqori darajaga olib chiqishini taʼkidladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining tashrifi anʼanaviy tarzda iliq va do‘stona muhitda o‘tmoqda.

Text to speech