Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida: kecha va bugun! Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Von Do Yon bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya markazining xizmat itlari MDH davlatlari chempioni nominatsiyasini qo‘lga kiritdi  / / “Milliy gvardiya qo‘shinlarida jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi  / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlari bo‘lib o‘tdi  / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya tizimidagi mutaxassis-kinologlar bilan “Dog-biatlon”, "Mina qidirish" va “Antiterror” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng yaxshi kinolog” sport musobaqasi o‘tkazildi  / / Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan "Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati" janglari o‘z nihoyasiga yetdi / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlari bo‘lib o‘tdi / / “Milliy gvardiya qoʻshinlarida jangovar va maxsus tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi / / Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Shaxs faoliyatiga taʼsir etuvchi psixologik omillar hamda mental sog‘lig‘ini profilaktikasi: Muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya mintaqaviy o‘quv markazlarida navbatdagi bitiruv kechalari bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlari bo‘lib o‘tdi / /“Eng yaxshi vatanparvarlik ruxidagi qo‘shiq” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi // O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga Prezident tabrigi // O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi // “Temurbeklar maktabi” va Harbiy-musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining vaʼda berish marosimi bo‘lib o‘tdi // Milliy gvardiya maxsus bo‘linmalari bilan tog‘li hududlarda taktik-o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi  // Poytaxtimizning Yunusobod tumani  qo‘riqlash bo‘limiga kelib tushgan “Tashvish” xabariga ko‘ra voqea joyiga yetib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan  narkotik moddalarini yashirishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi 

Ўз O'z Ру En

TURKIYA JANDARMERIYASI BILAN IKKI TOMONLAMA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Joriy yilning 3 noyabr kuni Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni armiya generali Arif Chetin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev  ishtirokida mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, tashrif rejasiga muvofiq Milliy gvardiya majlislar zalida ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlagan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Turkiya delegatsiyasi aʼzolari, Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi ichki va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilar, qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etdilar.

Milliy gvardiyaning xududiy boshqarmalari hamda mintaqaviy o‘quv markazlari boshliqlari video-konferens-aloqa orqali qatnashdilar.

Ikki tomonlama muzokaralar davomida rahbarlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasida do‘stlik aloqalari shiddat bilan rivojlanib borayotganligini alohida taʼkidlab, xavfsizlik sohasidagi idoralararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Suhbat yakunida tomonlar xavfsizlikni taʼminlash va harbiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga shuningdek o‘zaro tajriba almashinuv tashriflarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Shundan so‘ng kun davomida delegatsiya aʼzolari Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, G‘alaba bog‘i shuningdek Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurishdi.

Tashrif anʼanaviy hamda do‘stona muhitda davom etmoqda.

 

 

 

Text to speech