O‘zbek tili bayrami bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! / / Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI MILLIY GVARDIYASI DELEGATSIYASINING O‘ZBEKISTONGA TASHRIFI

Joriy yilning 9 may kuni ikki tomonlama hamkorlik doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli Kuchlari Milliy gvardiyasi qo‘mondoni polkovnik T.Ergeshov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi.

Ilgari, O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan rahbarlarning idoralararo hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari yuzasidan video-konferens-aloqa shaklida muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi.

Tashrif Yangi O‘zbekiston bog‘iga gullar qo‘yish va Mustaqillik monumenti bilan tanishish marosimidan boshlandi. Shundan so‘ng, Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etib, hududiy boshqarmalar va hududiy o‘quv markazlaridan rahbarlar video-konferens-aloqa orqali qatnashishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar yaqin istiqboldagi amaliy hamkorlik rejalarini muhokama qilib, ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli kuchlari Milliy gvardiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar.

Tashrif dasturiga ko‘ra, delegatsiya aʼzolari Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyi faoliyati va o‘quv jarayoni bilan tanishib,shu bilan bir qatorda G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasidagi "Shon-sharaf muzeyi" ga tashrif buyurdilar.

Delegatsiya aʼzolarining tashrifi anʼanaviy do‘stona muhitda va o‘zaro hurmat ruhida bo‘lib o‘tdi.

Text to speech