OT SPORT TURI BO‘YICHA MUSOBAQA BO‘LIB O‘TDI

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Dang‘ara tumani qo‘riqlash bo‘limi, Tuman hokimligi, Uloq-ko‘pkari federatsiyasi, “Vatanparvar” tashkiloti, Dang‘ara tumani IIB hamda turizm va sport bo‘limi hamkorligida Qo‘riqlash xizmati xodimlari, hududlardan kelgan chavandozlar va uyushmagan yoshlar o‘rtasida jamoaviy uloq ko‘pkari va “Polo” musobaqasi tashkil etildi.
Tadbirda 30 nafar Dang‘ara tumani Qo‘riqlash bo‘limi va Dang‘ara tumani IIB xodimlarining farzandlari, 20 nafar hududdagi uyushmagan yoshlar va 30 nafarga yaqin mahalliy ot ishqibozlari ishtirok etishdi.
Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ushbu musobaqada polvonlarimiz ot ustida o‘z mahorat va qobiliyatlarini namoyon etdilar. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech