⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

Pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosini oldini olish bo‘yicha mamlakatimiz bo‘ylab Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar tomonidan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda

Shu kabi tadbirlar Toshkent shahar Bektemir tumanida o‘tkazilib, 2002 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro E.L. tomonidan 1 200 dona “Britanik” va 10 dona “Dinamit” nomli pirotexnika vositalarini pullash uchun “Kompass” savdo majmuasi yoniga kelganida belgilangan tartibda xolislar ishtirokida to‘xtatib qolindi.

Navoiy viloyatida esa Samarqand viloyatida tug‘ilgan 22 yoshli fuqaro Q.R. ning “Samarqand” kafesi oldida 28 800 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositasini sotish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan.

Shuningdek, Namangan shahrida joylashgan “Zebo” savdo majmuasi oldida o‘zining shubhali harakatlari bilan ko‘zga tashlangan fuqaro A.A. 6 000 dona “Noviy vek” nomli pirotexnika vositalarini yonida olib yurganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha holatlar yuzasidan hozirda Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarining tegishli Surishtiruv bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz joriy yilning noyabr oyida respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan 3 125 950 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy sotilishi oldi olingan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech