Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilar uchun Ot sporti turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etildi

Yosh avlodni Ot sport turlariga qiziqtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda viloyat Yilqichilik, uloq-ko‘pkari va Ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida joylashgan Prezident maktabida o‘quvchilar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida malakali chavandozlar tomonidan ot minish, otda harakatlanish usullari amaliy tarzda ko‘rsatilib, kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, viloyat Milliy gvardiya bo‘yicha boshqarmasida ushbu sport turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilib, 72 nafar o‘quvchi-yoshlar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech