Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QORAQALPOG‘ISTON RYESPUBLIKASI MINTAQAVIY O‘QUV MARKAZINING YANGI MA’MURIY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Milliy gvardiya tizimida kadrlar tayyorlash masalasi birlamchi vazifalardan biri bo‘lib, harbiy xizmatchi va xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Xususan, joriy yilning 3 mart kunidagi davlatimiz Rahbarining  “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy o‘quv markazi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Bugun yangi ko‘rinishda qad rostlagan va zamon talablariga mos ravishda jihozlangan o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi   Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev, Respublika ichki ishlar vaziri A.Temirxanov, prokuror F.Allaberganov, harbiy okrug ko‘mondoni F.Ortiqov, O‘qituvchilarni qayta tayyorlash markazi direktori B.Dilanov hamda bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari va mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

Tadbir boshida Milliy gvardiya qo‘mondoni foydalanishga topshirilayotgan mazkur yangi O‘quv markazida kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan Milliy gvardiya, va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Shu bilan birga, yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda egallangan bilim va ko‘nikmalar harbiy xizmatchi va xodimlarning kelgusida xizmat faoliyatini yanada samarali tashkil etishiga zamin yaratishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, marosim davomida yurtimiz tinchligi va fuqarolarimiz osoyishtaligini ta’minlashda sidqidildan xizmat qilib, safdoshlariga namuna ko‘rsatib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni,  “Ma’naviyat a’lochisi” va “Namunali xizmatlari uchun ko‘krak nishonlari”, faxriy yorliq hamda muddatidan oldin rag‘batlantirish tariqasida navbatdagi maxsus unvonlar bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng, mehmonlar o‘quv jarayonini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya vositalaridan keng foydalangan holda tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan yangi bino bilan tanishib chiqdi. Jumladan, markazning ma’muriy va o‘quv binolari, yotoqxona hamda 5 ta muhim tashabbus doirasida jihozlangan kutubxona va “IT park” xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv davomida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ushbu O‘quv markazning nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun xizmat qilishi, balki hududiy yoshlar bilan turli sport yo‘nalishlari va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish haqida ko‘rsatma berildi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan O‘quv markaz va Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori bosqichga ko‘tarib, o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini kuchaytirishga va eng muhimi yaratilgan shart-sharoitlardan maqsadli foydalangan holda uyushmagan va iqtidorli yoshlarni jalb qilib, sportning “Qo‘l jangi, “Boks”, “Milliy kurash”, Chavandozlik va shu kabi ot sporti turlari bo‘yicha muntazam shug‘ullanishlari uchun malakali sport ustalarini taklif qilib barcha imkoniyatlar yaratib berilishi yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriq berildi.

Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i M.Yusupov va Mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i B.Utepbergenovlar barcha topshiriqlar ijrosi to‘la-to‘kis bajarilishi va mazkur O‘quv markazi har doim oldinda  va boshqa ta’lim muassasalariga namuna bo‘lishini ta’minlashlariga va’da berdilar.

Birgina Mintaqaviy o‘quv markazi ochilishi misolida ko‘rsak,  Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida 14 ta yangi yirik ob’ektlar xususan, Qoraqolpog‘iston Respublikasining o‘zida  Shumanay va Mo‘ynoq tumanlarida foydalanishga topshirilgan yangi binolar  harbiy xizmatchi va xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadamlardan biridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Text to speech