Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

YEVROPA ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYODA HUQUQ-TARTIBOTNI TAʼMINLASH BO‘YICHA DASTURI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida barcha davlatlarda ichki xavfsizlikni taʼminlash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda hukumatlarning asosiy tayanchi bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlariga katta ahamiyat berilmoqda.

Terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalarida fikr almashish maqsadida joriy yilning 23 fevral kuni Milliy gvardiyaning Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlariga mintaqa mamlakatlarining huquqni muhofaza qilish organlari ko‘nikmalarini mustahkamlashda ko‘maklashish dasturi (“LEICA”) vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ushbu dastur hamda Yevropa delegatsiyasi rahbari Jerom Ribo-Gayar dasturni amalga oshirish doirasida Yevropa tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlarida xavfsizlikni ham milliy, ham xalqaro miqyosda kuchaytirish maqsadida mintaqa davlatlarining huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik tuzilmalari bilan ularning salohiyatini oshirish borasida amaliy muloqot o‘rnatish niyatida ekanligini taʼkidladi. Shu bilan birga, suhbatdosh mintaqadagi ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish asosida texnik yordam ko‘rsatish, shuningdek, tematik mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilganligini qayd etdi.

Shuningdek, Yevropa tomoni terrorizmga qarshi kurashning turli jihatlari bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistonning ilg‘or tajribalarini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda huquq-tartibotni taʼminlashda ushbu dastur doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yana-da rivojlantirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Text to speech