XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
Joriy yilning 5-iyun kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev, AQSh Missisipi shtati Milliy gvardiyasi kumondoni general-mayor B.Djinn boshchiligidagi delegasiyasi va elchixona vakillari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasining AQSh tomoni bilan harbiy hamkorligi, shu jumladan Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish borasidagi muhim masalalar muhokama qilingan holda qator takliflar doirasida o‘zaro kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv o‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tdi.