⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

TOJIKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYАSI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Joriy yilning 12 oktyabr' kuni O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djuraev hamda Tojikiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general -leytenant B. Jamalzodaning ilk uchrashuvi video-konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qildilar va davlat xavfsizligi, tasniflangan davlat ob'ektlarini himoya qilish, shuningdek, oliy harbiy ta'lim sohasidagi hamkorlik va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Muzokaralar natijasida bir qator o‘zaro tashriflar, qo‘shma mashqlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish va jangovar faoliyatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish borasida kelishuvga erishildi.
Uchrashuv o‘zaro tushunish va do‘stlik muhitida bo‘lib o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech