BOYMURODDA KO‘PKARI BO‘YICHA ILK BOR BOSHQARMA BOSHLIG‘I KUBOGI O‘TKAZILDI.

Mamlakatimizda ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, chavandozlar maktablarini tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, chavandozlari elga tanilgan Navoiy viloyati Konimex tumani “Boymurod” ovulida Navoiy viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi, Uloq-ko‘pkari federatsiyasi bilan hamkorlikda ilk bor ko‘pkari bo‘yicha Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi o‘tkazildi. Ushbu musobaqaga butun respublikamiz bo‘ylab hamda Qozog‘iston Respublikasidan 300 nafarga yaqin epchil va mohir chavandozlar tashrif buyurishib, sovrin uchun kurash olib borishdi.

Homiylar tomonidan qo‘yilgan sovrinlar uchun boshlangan dastlabki kurashlarda polvonlar epchillik bilan harakat qilishib, sovrinlarni qo‘lga kiritishdi.

Kubok uchun boshlangan shiddatli va murosasiz bahslarda esa qozog‘istonlik chavandoz Jaldasbey Bakirovning qo‘li baland kelib, boshqarma boshlig‘ining kubogi sohibiga aylandi. Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ushbu musobaqada polvonlarimiz ot ustida ko‘rsatgan mahoratli harakatlari barcha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Albatta, bu kabi sport o‘yinlari yoshlarni ot sportiga qiziqishini orttirib, sog‘lom avlod bo‘lib yetishishida muhim rol o‘ynaydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech