⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

KAMONDAN OTISH SPORTI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

Nukus shahridagi Prezident maktabida sportning Kamondan otish turi bo‘yicha Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga 63 nafar Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari va 60 nafar yosh sportchilar ishtirok etdi. Barcha ishtirokchilar bellashuvlar mobaynida bu sport turi bo‘yicha o‘zlarining mahoratlarini har tomonlama ko‘rsatib bordi. Xodimlar orasida birinchi o‘rinni Beruniy tumani qo‘riqlash bo‘limi xodimi egallagan bo‘lsa, yoshlar o‘rtasida Bo‘zatov tumanidagi bolalar o‘smirlar sport maktabi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech