Qurolli Kuchlar tizimida harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida “Prokuror kubogi” uchun kurash musobaqalari oʻtkazildi.
Ayollar oʻrtasida oʻtgan kurash bahslari alohida eʼtiborga loyiq boʻldi. Musobaqada Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari oʻzlarining ruhiy barqarorligi va jismoniy yetukligini namoyon etishdi. Xususan, 63 kg vazn toifasida Aziza Umarova 2-oʻrinni egalladi;
+63 kg vazn toifasida Raxima Yuldasheva 2-oʻrinni, Dilafruz Mamadjanova esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu natijalar ayol harbiylarimiz nafaqat xizmatda, balki sport maydonlarida ham faol ekanini koʻrsatmoqda.
Erkaklar oʻrtasidagi bellashuvlar esa kurashning barcha jihatlarini qamrab olgan keskin va taʼsirli ruhda oʻtdi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Shoberdi Rustamov +90 kg vazn toifasida mahorat va irodasini namoyon etib, 3-oʻrinni egalladi.
“Prokuror kubogi” musobaqasi nafaqat sport, balki hamjihatlik, intizom va yuksak vatanparvarlik gʻoyalarini targʻib qiluvchi muhim tadbirga aylandi.