Ўзбекистонлик спортчилар қўл жанги бўйича халқаро чемпионатда 18 та олтин медални қўлга киритишди ва умумжамоа ҳисобида ҳам 1-ўринни эгаллашди. // Жамоат хавфсизлиги университети вакили лейтенант Алина Ҳакимова Триатлон бўйича Халқаро чемпионатда тўрт маротаба ҳам биринчи ўринни эгаллади. Миллий гвардия Самарқанд вилояти бўйича ҳарбий хизматчилари эстафетада ғолиб чиқиб, биринчи ўринни қўлга киритишди.

MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari hamda "qizil" toifali mahallalarga biriktirilgan harbiy xizmatchilar tomonidan joylarda jinoyatlarning oldini olish hamda xonadon, savdo shoxobchalari va boshqa obyektlarni videokuzatuv vositalari bilan jihozlash boʻyicha fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu kabi maqsadli tadbirlarning muntazam ravishda oʻtkazilishi mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar mulkini saqlash va himoya qilishga keng imkoniyat yaratmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech