Jizzax viloyatida harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi / / Ilmiy anjuman o‘tkazildi / / Taʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlashda joriy qilingan qorovullik xizmatini yangi bosqichga olib chiqish hamda samarali tashkil etish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi / / Bugun soat 20.00 da Namangan shahrining “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida qo‘l jangi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turniri start oladi. // A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Milliy gvardiya xodimlarining Yozuvchilar uyushmasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. // “Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiylar oilasi” ko‘rik tanlovi davom etmoqda. // Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan serjantlar tarkibi bilan “Serjantlar forumi” o‘tkazildi  / / Harbiy xizmatchi va xodimlarning o‘zlashtirgan bilim hamda ko‘nikmalari sinovlarda, yuqori jangovar shaylik esa o‘quv mashqlarda toblanadi// Respublika bo‘ylab Milliy gvardiya, prokuratura, ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlari ishtirokida qo‘shma profilaktik tadbirlar davom etmoqda // “Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiy oilasi” shiori ostidagi sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Milliy gvardiya tomonidan “Xavfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida Ayollar forumi o‘tkazildi // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi va FVV xodimlari hamkorligida harbiy xizmatchilar bilan Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" doirasidagi o‘quv-mashg‘uloti tashkillashtirildi. // Huquqiy tayyorgarlik va kibermadaniyatni yuksaltirish masalalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasining dala o‘quv poligonida harbiy xizmatchilar bilan navbatdagi o‘quv-yig‘ini bo‘lib o‘tdi / / Andijon viloyati yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha Milliy gvardiya respublika ishchi guruhi faoliyati / / Andijon viloyati yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha Milliy gvardiya respublika ishchi guruhi faoliyati // Farg‘ona viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlarining otaliqqa olingan hududiy yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi  / / Milliy gvardiya xodimlari Surxondaryo viloyatidagi bolalar ftiziatriya sihatgohida davolanayotgan bolajonlar holidan xabar oldi / / Poytaxtimizdagi "Kinochilar saroyi" zalida Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan dolzarb vazifalar hamda ularning amaliy ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlarni uylariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Milliy gvardiya Markaziy devoni hamda hududiy bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytayotgan muddatli harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun tavsiyanomalar va namunali xizmat qilgan askarlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov ishtirok etib, muddatli harbiy xizmatchilarning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Bu kabi tadbirlar respublikaning barcha hududlaridagi Milliy gvardiya harbiy qismlarida o‘tkazildi.

Shu o‘rinda taʼkidlashimiz kerakki, Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borgan muddatli harbiy xizmatchilar jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash borasida xizmat o‘tash bilan birga, jangovar va maʼnaviy – maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari bo‘yicha bilim olishib, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalandilar.

Muddatli harbiy xizmatni namunali o‘tagan 390 nafar harbiy xizmatchilarning ota-onalariga Milliy gvardiya qo‘mondonligi nomidan tashakkurnomalar yuborildi.

Shuningdek, harbiy qismlarda jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan muddatli harbiy xizmatchilarning jamoat tartibini saqlash va fuqarolar hayotini saqlab qolish kabi fidoyi xizmatlari qo‘mondon tomonidan eʼtirof etilib, esdalik qo‘l soati bilan rag‘batlantirildi.

Xizmatni namunali o‘tab, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 1396 nafar muddatli harbiy xizmatchiga O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun tavsiyanomalar berildi.

Milliy gvardiya tizimida kadrlar tayyorlash masalasi hamda kadrlar rezervini yaratish maqsadida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga va qo‘riqlash xizmatiga xodim sifatida 2282 nafar muddatli harbiy xizmatchilar harbiy-kasbiy saralashdan o‘tkazilib, 1483 nafari sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdilar.

Hozirgi kunda 150 nafarga yaqin muddatli harbiy xizmatchilarni kelgusida Milliy gvardiya tizimida kontrakt asosida xizmat o‘tash uchun olib qolishni rejalashtirilgan.

Milliy gvardiya tizimida xizmatni o‘tab uylariga qaytarilayotgan 3150 ga yaqin muddatli harbiy xizmatchilar ham kelgusida fuqarolik jamiyatida o‘z o‘rnini topib, davlatimiz ravnaqi va taraqqiyoti uchun o‘z hisclarini qo‘shadilar.

Milliy gvardiya tizimida xizmatni o‘tab qaytgan barcha muddatli harbiy xizmatchilar doimo eʼtibor markazida bo‘ladi hamda ularni kelgusida o‘qish va ishga joylashtirish bo‘yicha yordamlar amalga oshiriladi. Ular Toshkent temir yo‘l vokzalida xizmatdoshlari bilan xayrlashib, viloyatlariga jo‘nab ketishdi.

Text to speech