Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

MEHRGA MUHTOJ BOLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN KENG ISLOHOTLAR

Joriy yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasini raisi Q.Rafiqov raisligida Ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisining o‘rinbosari O.Saliyev, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi aʼzolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari, Milliy gvardiya hamda boshqa mutasaddi idoralarning rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida "Ayollar daftari"ning ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar hamda Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan qizlarning muammolari, ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularni hal etish, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish chora-tadbirlari muhokama qilinib, masʼullar oldiga bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan so‘z olgan Milliy gvardiya  ko‘mondoni R.Djurayev  bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni ayniqsa, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. 

Mavzu doirasida,  yurtboshimiz raisligida 28 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi yodga olinib, unda kam taʼminlangan oilalar hamda mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchi bolalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilganligi, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu yo‘nalishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga tanqidiy baho berilganligi va bu borada yangi tizim joriy qilinib, bunga Milliy gvardiya masʼul etib belgilangani to‘g‘rsida  fikr yuritildi.

Shundan so‘ng, hozirda Milliy gvardiya tomonidan mehribonlik uylari faoliyatini yana-da takomillashtirish, bu yo‘nalishda tub islohotlarni joriy etish hamda muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Ular:

“Mehribonlik uylari” va “Bolalar shaharchalari”ga Milliy gvardiyaning hududiy boshqarma boshliqlari, har bir guruhga malakali ofitser va psixologlar biriktirilayotganligi;

Shuningdek, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiyaning harbiy qismlari, poligonlari, “chavandozlar maktablari”ga olib chiqib, harbiy texnikadan foydalanishga, ot sportiga o‘rgatish, ular uchun yakka kurash, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport to‘garaklarini tashkil etish; 

mehribonlik uylariga biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlarni bolalar bilan ishlashga o‘qitish;

bolalarga tarbiya berish, ularni xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, sportning nufuzli turlari bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi metodikalarni ishlab chiqish;

buyuk ajdodlarimizni maʼnaviy meroslarini o‘rganish va  ichki turizmni keng jalb etish maqsadida Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon, Termiz kabi qadimiy shaharlarga sayohatlar tashkillashtirish;

ushbu bolalar orasidan kelgusida “Temurbeklar maktablari”ga, Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish;

hokimliklar bilan birga 14 yoshdan yuqori o‘g‘il-qizlarni, eng talab yuqori kasblarga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish;

vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ahvoli, ularning oilaviy sharoitidan haftalik xabar oladigan tizim yaratish;

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari bilan ishlashning yangi tizimini joriy etish orqali ularni  Vatanimizning chinakam posbonlari etib yetishib chiqishlari uchun barcha kuch imkoniyatlarni safarbar etish, asosiy vazifalardan biri etib belgilab olinganligi taʼkidlandi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘z maʼruzasi yakunida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hamkor tashkilot va idoralar bilan birgalikda yuqori saviyada bajarilishiga, mehrga muhtoj bolalarni jamiyatda munosib o‘rin egallashlari hamda ularning vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga ishonch bildirdi.

Text to speech