MURG‘AK QALBLARGA MEHR ULASHILDI

Xalqimizda azaldan mehr-muhabbat tuyg‘ulari, xayriya va yaxshilik qilishdek amallar ulug‘lanib, mehrga muhtoj insonlarga quvonch ulashishga harakat qilib kelingan. Jumladan, ana shunday xayrli amallardan biri sifatida Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan 1-sonli "Nogironligi mavjud bolalar uyi” tarbiyalanuvchilari bilan Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘iga sayohat tashkil etilganligi fikrimiz isbotidir.
Yurtimizda mehrga muhtoj bolajonlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e'tiborning yaqqol namunasi sifatida uyushtirilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda madaniy xordiq olishlariga ko‘maklashish, shuningdek, murg‘ak qalblarning ko‘nglini ko‘tarish, ularga kelajakda o‘z yo‘llarini topib, yetuk hamda vatanga xizmat qiladigan avlod bo‘lib yetishishlarida ma'naviy ko‘mak berishdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech