ANDIJONDA OILAVIY BOLALAR UYI FAOLIYАTI YO‘LGA QO‘YILDI.

Bugun Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Farhod Umarovlar oilasida katta tantana bo‘lib o‘tdi. Umarovlar Andijon shahar boshqarmasiga qarashli “Bolalar shaharchasidan” 7 nafar o‘g‘il-qizni o‘z qaramog‘iga olib, oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda boshlanib,unda Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, shahar xokimligi hamda yoshlar ittifoqi kengashi shu bilan birgalikda mahalla faollari qatnashdi.
Shuni alohida e'tirof etish joizki, ayni kunlarda yurtdoshlarimiz ezgu maqsadlar ostida mehr uylari yaratib, dilbandlarni bag‘riga olayotganligi quvonarli holdir va bu xayrli ishlar respublika miqyosida keng olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech