Davlatimiz rahbarining “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga sharh. // 4 AVGUST MILLIY GVARDIYA TASHKIL TOPGAN KUN! // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi // Milliy gvardiya xodimining sheʼriy to‘plami chop etildi // Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tantanali qasamyod qabul qilish va sertifikat topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi / / Farg‘ona viloyati IIB hamda Milliy Gvardiya xodimlari hamkorligida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi / / G‘ijduvonda noqonuniy ravishda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarib kelayotgan sex faoliyatiga chek qo‘yildi / / O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi tashkil etilganligining 104 yilligini nishonladi  / /Qoraqalpog‘iston Respublikasida vaziyat barqarorlashdi // Favqulodda holat davrida soat 21:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amal qiladi / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Rustam Djurayev komendantura boshlig‘i etib tayinlandi. Prezident farmoni bilan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida soat 00 dan boshlab favqulodda holat tartibi joriy etildi: 2022-yil 3-iyul soat 00- 01 dan 2022-yil 2-avgust soat 00:00 gacha // Qoraqalpog‘istonga kirish va chiqish cheklangan, ommaviy tadbirlar taqiqlanadi. // O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetini tamomlagan magistrlarni bitirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida, Turkiya jandarmeriyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari va tajriba almashish yuzasidan kelishuvlarga erishildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi va Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qo‘l jangi sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida "gi qarorni imzoladi  / / Milliy gvardiyaning 1215 qisqa raqamli telefon tarmog‘i faoliyati yo‘lga qo‘yildi / / “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti bitiruvchilari yosh ofitserlariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Buyuk Britaniya Qirollik polki harbiy orkestrlarining ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Sirdaryo viloyatida, Milliy gvardiyaning dala o‘quv bazasida tashkil etilgan harbiylashtirilgan yozgi oromgohga navbatdagi yoshlar guruhi qabul qilindi. / / Toshkent viloyati va shahrida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishda hamkor vazirliklarning birgalikdagi harakatlari yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi universitetining bitiruv bosqich kursantlari yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladilar / /  Milliy gvardiya mintaqaviy o‘quv markazlarida "Harbiy vatanparvarlik" oromgohlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda mahalliy yoshlar ham hordiq chiqarishi mumkin / / Milliy gvardiyaning bir qator faxriylari faxriylar harakatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun ilk bor “Milliy gvardiya fahriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Navoiy viloyatida innоvatsion harbiy dala-o‘quv maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan barcha sohalar qatori Qurolli Kuchlar tizimida ham izchil islohotlar olib borilmoqda. Bu esa o‘z navbatida yurtimiz tinchligi va aholimiz osoyishtaligini taʼminlash yo‘lida kuch tuzilmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarilishi hamda tayyorgarlik ko‘rishlari uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi tasarrufida ilk bora hududiy kuch tuzulmalari uchun zamonaviy hamda barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan dala-o‘quv maydonining barpo etilishi ham mazkur islohotlarning mantiqiy davomidir.

Karmana tumani hududida joylashgan mazkur dala-o‘quv maydonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi N.Tursunov, harbiy maʼmuriy sektor rahbari, O‘zbekiston Qahramoni, senator, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S. Mamayusupov, hamkor vazirliklarning masʼul vakillari, sektor rahbarlari, faxriylar kengashi, keng jamoatchilik va yoshlar ishlari agentligi masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan shu kunga qadar Navoiy garnizoni kuch tuzilmalari amaliy mashg‘ulotlarni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on dala-o‘quv poligonida amalga oshirib kelayotganliklari taʼkidlanib, endilikda mazkur dala-o‘quv maydoni barcha bo‘linmalarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam oshirib, jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini mustahkamlashga, shuningdek, mazkur maskan Navoiy yoshlarining vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar dala-o‘quv maydonida bunyod etilgan nazorat o‘tish joyi, maydonning boshqaruv punkti va shtab binosi, yotoqxona, oshxona, o‘quv sinflari, maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari, tibbiyot punkti, texnika vositalarining turar joyi, olovli to‘siqlar yo‘lagi, jangovar qurollardan o‘q otish yo‘laklari va maxsus o‘quv mashqlari hududi, temir yo‘l vagoni va avtobuslar maketlari hamda sport shaharchasi bilan yaqindan tanishib chiqishdi.

Shuni alohida eʼtirof etish joizki, shu kunning o‘zida yangi faoliyat boshlagan dala-o‘quv maydonida mahalliy yoshlar va viloyatdagi Milliy gvardiyaga biriktirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida mini futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Shuningdek, yoshlar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Kun yakunida esa dala qo‘ynida gulhan yoqishib, uning atrofida jo‘r bo‘lib, qo‘shiq kuylagan holda maʼdaniy xordiq chiqarishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech