⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

PIROTEXNIK VOSITALARINING NOQONUNIY SAVDOSI OLDI OLINDI

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab Milliy gvardiya hamda hamkor vazirliklar bilan birgalikda pirotexnika vositalari bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarni oldini olishga qaratilgan “Kompleks” chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 21 noyabr kuni, Farg‘ona viloyatida olingan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro A.T xonadoni xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda Qirg‘iziston Respublikasidan yashirincha yo‘l bilan olib o‘tilgan, umumiy qiymati 177 000 000 so‘m bo‘lgan pirotexnika vositalari saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari Farg‘ona viloyati IIB tomonidan olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech