⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

ROSSIYA FEDERATSIYASINING MOSKVA SHAHRIDA 9-14 NOYABR KUNLARI BO‘LIB O‘TGAN QO‘L JANGI BO‘YICHA VIII JAHON KUBOGI MUSOBAQASIDA, O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASINING FAXRLI 2 O‘RINNI EGALLAGANLIKLARI MUNOSABATI BILAN SPORTCHILARIMIZ VA ULARNING MURABBIYLARINI MUNOSIB TAQDIRLASHGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIM BO‘LIB O‘TDI

Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida  9-14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha VIII Jahon kubogi musobaqasida, yuqori natijaga erishgan Milliy terma jamoamiz sportchilari va ularning murabbiylari  bilan,  O‘zbekiston huquqni muxofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni  R.Djurayevning  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tantanali tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Boqiyev, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Saʼdullayev, shuningdek O‘zbekiston Djit-KunDo, O‘zbek jang sanʼati federatsiyalari, O‘zbekiston Kikboksing va Tekvando ITF Assotsiatsiyalari  raislari, Milliy gvardiya  va hamkor vazirliklarlar mutasaddi rahbarlari hamda Qo‘l jangi federetsiyasi raisi o‘rinbosarlari, malakali murabbiylari va sportchilari ishtirok etishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni kirish so‘zida Mazkur Jahon kubogida  Rossiya, AQSH, Xitoy, Turkiya,  Germaniya, Italiya kabi 37 ta davlatlar qatorida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi munosib ishtirok etib, 300 dan ortiq sportchilar qatorida 30 nafar sportchilarimiz mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilganliklari va yakuniy natijalarga ko‘ra  6 ta oltin, 9 ta kumush, 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz dovrug‘ini yana bir bor xalqaro arenada namoyon etganliklariga alohida urg‘u berdi.    

So‘z yakunida Milliy gvardiya qo‘mondoni O‘zbekiston qo‘l jangi terma jamoasining barcha aʼzolariga,  federatsiya raisi o‘rinbosarlari, sportchilar, murabbiylar, hakamlar va shifokorlarga, sportchilarning ota-onalariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida oldimizga qo‘yilgan oliy maqsadlar sari birgalikda harakat qilib, yuqori natijalarga erishishga va qo‘l jangi sportini yaqin kelajakda Olimpiada o‘yinlari qatoridan joy olishiga ishonch bildirdi.

 Shundan so‘ng Milliy gvardiya qo‘mondonining Xalqaro musobaqa ishtirokchilari va ularning murabbiylarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruqlari o‘qib eshittirildi. Unga ko‘ra barcha ishtirokchi sportchilar va murabbiylar munosib rag‘batlantirilib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari, Faxriy yorlig‘i va qimmatbaxo sovg‘alar topshirildi.   

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan halqimiz uchun yuksak g‘urur baxsh etib Yangi O‘zbekistonimizga yangi g‘alabalarni tuhfa etayotgan sportchilarimizga va ularning murabbiylariga samimiy tilaklar  bildirildi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech