Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati  / / Navoiy viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan sertifikatga ega bo‘lmagan pirotexnika vositalari aniqlandi / / O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tadbir tashkil etildi / /    O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi - Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev tomonidan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon Kubogi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari munosib rag‘batlantirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya jandarmeriyasiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida // Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Jalgasbay Berdimuratov 87 kg vazn toifasida g‘olib bo‘ldi // 22 noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida psixologik taʼminlash faoliyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan Yangi nafas umummilliy harakati doirasida “Talaba yugur” ommaviy yugurish musobaqasi yoshlarni bir maqsad sari birlashtirdi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi / / Chet davlatlariga ketgan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya tizimida kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani / / O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya boshchiligida kuch tuzilmalari otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi / / Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida / / 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Ўз O'z Ру En

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tantanali marosimda Milliy gvardiya qo‘mondonligi hamda tizimda sidqidildan xizmat olib borayotgan tibbiyot xodimlari, shuningdek, hamkor vazirlik va idoralardan vakillar ishtirok etdi.

Dastlab marosimda Milliy gvardiya qo‘mondonining jonkuyar soha mutaxassislari uchun bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bir qatorda Milliy gvardiya tizimida ham tibbiyot sohasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib, shaxsiy tarkib hamda ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish yangi bosqichga olib chiqilganligiga alohida urg‘u berildi. Nutq davomida salomatlikni asrashdek ezgu maqsad yo‘lidagi xizmatlari uchun barcha kasb egalariga minnatdorchilik bildirildi.

Shundan so‘ng, sana munosabati bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, ularning oila aʼzolarini sog‘lig‘ini saqlash hamda mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan soha xodimlarini, shu bilan bir qatorda hamkor vazirlik, idoralarning tibbiyot xodimlari munosib rag‘batlantirildi.

Xususan, yuzga yaqin O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Aʼlo xizmatlari uchun”, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi fidoyi xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlar hamda faxriy yorliq va Milliy gvardiya ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov tomonidan o‘z egalariga topshirildi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng, bayram dasturxoni atrofida kasb bayramini nishonlayotgan tibbiyot vakillari uchun Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansamblining xushovoz xonandalari tomonidan diltortar navolar ijro etildi.

Text to speech