Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrif buyurdi // Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent "Temurbeklar maktabi" va Harbiy-musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar kengashi raisi Q.Aminjonov, Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi U.Yakubov, faxriylar, ota-onalar, maktab pedagogik jamoasi va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar o‘tgan qisqa davrda, Milliy gvardiya tizimidagi uzluksiz taʼlimni rivojlantirish, oliy va o‘rta maxsus taʼlim sifatini yana-da yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani va buning amaliy natijasini "Temurbeklar maktabi" va Harbiy musiqa akademik litseyi misolida ham ko‘rish mumkinligini taʼkidlashdi.

Shundan so‘ng o‘quvchilarga taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Toshkent "Temurbeklar maktabi" bitiruvchi o‘quvchilarining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi yillarda 97.2 foizni tashkil etib respublikamizda barcha harbiy akademik litseylari orasida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Shu bilan birga Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari ham respublika miqyosidagi "Sanʼat g‘unchalari", Braziliya, Italiya, Ozarbayjon, Rossiya, Ruminiya, Qozog‘iston kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro darajadagi nufuzli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, laureatlik unvonlariga sazovor bo‘ldilar. Bundan tashqari o‘quvchilar sportda ham qator yutuqlarni qo‘lga kiritishib ulgurishgan. Jumladan ular Markaziy Osiyo va O‘zbekiston chempionatlarida 6 ta oltin, 4 kumush, 6 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, Milliy gvardiya "Temurbeklar maktabi" va Harbiy musiqa akademik litseyini tamomlagan o‘quvchilarga kelajakda harbiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun 30 foiz, boshqa taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 15 foizli imtiyoz beriladi.

Har ikkala taʼlim muassasalari bitiruvchilariga kelgusi o‘qishlarida omad va zafarlar tilaymiz.

Text to speech