"AYOLLAR DAFTARI"GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR ISHTIROKIDA PSIXOLOGIK TRENING

Kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixolog mutaxassislari tomonidan Termiz shahridagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “Alpomish” mahallasida istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan 25 nafar xotin-qizlar uchun psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Unda ayollar psixologiyasi hamda sog‘lom va mustahkam oilaning asoslari, xotin-qizlar o‘rtasida uchrayotgan turli noxush holatlarning oldini olish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Ruhiy tushkunlikka tushib qolgan ayollar bilan individual suhbatlar olib borilib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech