“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi / / Bilimlar-sinovlarda va yuqori jangovar shaylik o‘quv mashqlarda toblanadi. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining yuqori bosqich kursantlari dala o‘quv poligonlarida amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda  / / Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasining "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" boshlandi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ham hududlarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash shuningdek, muhofazasini taʼminlash ishlari tashkillashtirilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi // Saylovlarni oʻtkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi / / Olmaliq shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati rivojining hozirgi holati va kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida: kecha va bugun! Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Von Do Yon bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya markazining xizmat itlari MDH davlatlari chempioni nominatsiyasini qo‘lga kiritdi  / / “Milliy gvardiya qo‘shinlarida jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi  / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlari bo‘lib o‘tdi  / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya tizimidagi mutaxassis-kinologlar bilan “Dog-biatlon”, "Mina qidirish" va “Antiterror” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng yaxshi kinolog” sport musobaqasi o‘tkazildi  

Ўз O'z Ру En

Idoralararo mutaxassis-kinologlar o‘rtasida ilk marotaba “Xizmat itlari ko‘rgazmasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari mutaxassis-kinologlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning kasbiy mahoratini baholash, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish, kinologlarni tanlash, amaliy tajriba orttirish, mazkur sohada yuqori natijalarga erishish maqsadida joriy yilning 26-may kuni Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti hududida ilk marotaba Idoralararo mutaxassis-kinologlar o‘rtasida “Xizmat itlari ko‘rgazmasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqani Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalaridan tashrif buyurgan Xalqaro Politsiya Assotsiatsiyasi vakillari katta taassurotlar bilan kuzatib borishdi.

Unda Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassis kinologlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan ishtirok etishdi.

Musobaqa jarayonlarida mutaxassis-kinologlarning jismoniy tayyorgarligi va kasbiy mahoratlariga, shuningdek eng yaxshi kinologlar hamda ekstremal vaziyatlarda lozim vazifalarni bajarish kabi nominatsiyalar bo‘yicha xizmat itlarini tayyorgarlik darajasi baholab borildi.

Qiziqarli shartlardan iborat bellashuvlar jarayonlarini Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan xalqaro toifadagi hakam Nina Makelova hakamligida natijalar aniqlandi. Unda ishtirokchilar belgilangan qoidalarga ko‘ra, ishtirokchilar “Umumiy dressirovka kursi mashqlar” (o‘tir, tur, yonimga, yonimda, joyingda kabi imo-ishora va ovozli buyruqlar berish), “Yordamchiga tegishli buyumning hidi bo‘yicha uni tanlash” (mashqni bajarishda hidla, izla buyruqlari) va “Yordamchining buyumini unga tegishli bo‘lgan buyumning hidi bo‘yicha tanlash” mashqlari bo‘yicha vazifalarni yuqori aniqlikda bajarishga harakat qilishdi.

Shuningdek, mutaxassis-kinologlar maxsus belgilangan maydonda 50 dan ortiq 3 oylikdan 8 yoshgacha bo‘lgan Nemis, Sharqiy-yevropa, O‘rta Osiyo va Belgiya (malinua) ovcharkalari hamda Labrador zotlariga mansub xizmat itlarining ko‘rgazmasida zotdorlik darajasi bo‘yicha bellashishdi. Bir nechta shartlarni o‘z ichiga olgan ushbu musobaqa barcha ishtirokchilar uchun o‘zaro bilim, malaka va tajriba almashish imkonini berdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:

Buyumlarni tanlab topish yo‘nalishida - Milliy gvardiya jamoasi 1-o‘rinni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi 2-o‘rinni, Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati jamoasi esa 3-o‘rinni egallashdi.

Odamni topish yo‘nalishi bo‘yicha - Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi 1-o‘rinni, Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati jamoasi 2-o‘rinni, Ichki ishlar vazirligi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Umumiy mashq kursi yonalishi bo‘yicha - Bojxona qo‘mitasi jamoasi 1-o‘rinni, Ichki ishlar vazirligi jamoasi 2-o‘rinni, Milliy gvardiya jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.

Kichik va katta yoshli it zotlari bo‘yicha ko‘rgazmasida Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi 1-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Mazkur musobaqa Milliy gvardiya, Xalqaro Politsiya Assotsiatsiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida tashkillashtirildi.

Text to speech