YUQORI JISMONIY TAYYORGARLIK- JANGOVAR SHAYLIKNING ASOSIDIR
Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi.
Termiz shahrida sportning voleybol turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimalar o‘rtasida “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur sport musobaqasi murosasiz bahslarga boy bo‘lib, unda Milliy gvardiya boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat IIB tibbiyot bo‘limi, viloyat Bojxona boshqarmasi xodimalaridan iborat 5 ta jamoadan, jami 40 nafar sportchilar qatnashdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Milliy gvardiya boshqarmasi jamoasi, 2-o‘rinni viloyat IIB jamoasi, 3-o‘rinni viloyat IIB tibbiyot bo‘limi jamoasi xodimalari qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.