O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida psixologiya fanlarini o‘qitishda profayling usuli va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanilmoqda / / Milliy gvardiya qo‘mondoni boshchiligidagi ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorining ijrosini taʼminlash borasida Buxoro viloyatida manzilli ishlarni olib bordi / / O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasining 2024 yil sarhisobi hamda 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi  / / Voleybol bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi o‘tkazildi / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi - “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi” deb topildi / / Harbiy xizmatchilarga yangi xonadon kalitlari topshirildi / / Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir / / Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davlat idoralarida tadbirlar / / O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda "14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Yangi O‘zbekiston majmuasida joylashgan Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi / / Davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi / / Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bayramona tadbir tashkil etildi / / “Vaʼda” nomli badiiy filmning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. / / Kuch tuzilmalarining kinologiya sohasidagi hamkorligi // "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi"da huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi // Mahallalar kesimida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasida hamkorlikdagi manzilli targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda // Nurafshon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida "Ot sporti maydoni" majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari hamda tizim faxriylari ishtirok etishdi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Milliy gvardiya tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi // 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida telemuloqotlar tashkillashtirildi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasida “Yotoqxona, oshxona va xizmat koʻrsatish binolari” shuningdek, Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimi “Maʼmuriy binosi”ning tantanali ochilishi Gvardiyachilarga bayramona tuhfa boʻldi // Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun, Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida yugurish musobaqasi tashkil etildi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Poytaxtimizning Amir Temur xiyoboni boʻylab “Otlar paradi” boʻlib oʻtdi // Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan serjantlar tarkibi bilan “Serjantlar forumi” o‘tkazildi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev raisligida bo‘lib o‘tgan ushbu forumda, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda serjantlar tarkibi, tizimning tayanchi hamda suyanchi ekanligi taʼkidlandi.

Milliy gvardiya tizimida xizmat qilib kelayotgan serjantlarning kasbiy mahorati hamda bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida har yili "Serjantlar forumi" o‘tkazilishi anʼanaga aylangan.

Mazkur forum Milliy gvardiya qo‘mondoni raisligida videoselektor tarzida o‘tkazilib, unda sohaga oid mutasaddi rahbarlar, tizim faxriylari va serjantlar tarkibi ishtirok etishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘zining kirish so‘zida, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning so‘ngi yillarda harbiy xizmatchilarga, xususan, serjantlarga bo‘lgan yuqori darajadagi eʼtiborini taʼkidlab, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda, kuch tizilmalarida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan serjantlarimizning munosib hissasi borligini eʼtirof etdi.

Shuningdek, Milliy gvardiya tizimida serjantlar tarkibini tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi va har qanday murakkab vaziyatlarda jismoniy hamda ruhiy sinovlarga bardosh bera oladigan, nostandart holatlarda mustaqil qaror qabul qilib, yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarishga qodir bo‘lgan kichik komandirlarni shakllantirish uchun barcha sharoitlar mavjudligi aytib o‘tildi.

Shu bilan bir qatorda, ayrim bo‘linmalarda Kengashlar o‘zining faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtira olmayotganligi bois, uchrayotgan bir qator salbiy holatlar yodga olinib, tanqidiy tahlil qilindi. Kelgusida barcha kichik komandirlar bundan o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib olishlari borasida, qo‘mondonning bugungi fikr mulohazalari va eʼtirozlarini o‘zlarining yelkadosh safdoshlari tomonidan bildirilayotganligi kabi qabul qilishlari taʼkidlandi. Bu esa barcha forum ishtirokchilarini birdek sergak torttirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qurolli Kuchlar tizimini modernizatsiya qilish, Milliy armiyamizning professional tayyorgarligini yana-da mustahkamlash bo‘yicha belgilab berilgan bir qator chora-tadbir va aniq mexanizmlar asosida olib borilayotgan tizimli islohotlar aynan tizimdagi serjant va oddiy askarlarning har tomonlama yetuk oliy maʼlumotli ofitser kadr sifatida shakllantirishga qaratilayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ayniqsa, tizimda ayollarni rolini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ishga qabul qilish masalalarida ham xotin-qizlarning ko‘rsatkichini oshirish dolzarb masala ekanligi qayd etildi.

Shundan so‘ng, Forum ochiq muloqot tarzida davom ettirildi. Unda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon va boshqa hududiy bo‘linmalardan so‘zga chiqqan serjantlar tomonidan, bugungi kunda harbiy xizmatchi va xodimlarga hamda ularning oila aʼzolariga yaratilayotgan shart-sharoitlar alohida eʼtirof etilib, barcha berilayotgan imkoniyatlar mamnuniyat bilan tilga olindi. Kichik komandirlar nomidan so‘zga chiqqan ayrim serjantlar esa, bugun ular bilan shaxsan qo‘mondonning o‘zi uchrashib ochiq muloqotda bo‘lganidan xursand ekanliklarini va bundan katta motivatsiya olganliklarini bildirishdi.

Shu bilan bir qatorda, o‘z mavzulari bilan maʼruza qilgan serjantlar tomonidan ham hozirgi zamonaviy jang sharoitida Milliy gvardiya serjantlarining jangovar ruhini oshirish borasida, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda serjantlarning bugungi faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

Harbiy xizmatdagi faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan tajribalarini oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan tadbir yakunida bir qator kichik komandirlar Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Tadbir so‘nggida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ashula va raqs ansambli xonandalarining kuy va qo‘shiqlari barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

Text to speech