MUZEYLAR – TARIX HAQIQATLARI
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy-maʼnaviy hordiq chiqarishlari, dam olish vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “G‘alaba bog‘i”ga ekskursiya uyushtirildi.
Tashrif davomida muddatli harbiy xizmatchilar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyining eksponatlari bilan yaqindan tanishib, ota-bobolarimizning ikkinchi jahon urushi vaqtida asosiy frontda ko‘rsatgan qahramonliklari, mardonavor xatti-harakatlari qayd etilgan tarixiy hujjatlar, ularning surʼatlari va ular to‘g‘risidagi maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Ikkinchi jahon urushi davridagi shonli tariximiz aks etgan mazkur maskan barcha harbiy xizmatchilarning xotirasida iliq taassurot qoldirdi.
Bu kabi sayohatlar muddatli harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga ularni kelajakda komil inson bo‘lib yetishishga xizmat qiladi.