O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasining "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" doirasida respublikamizning barcha hududlarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ko‘chat ekish va bog‘lar tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida Kuch tuzilmalari oliy o‘quv muassasalari kursant va talabalari o‘rtasidagi spartakiadaga start berildi / / Milliy gvardiya tizimidagi inspektor-psixologlar hamda yangi tizimdagi maktab qorovullarining xizmat faoliyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminariga bugundan start berildi. Mazkur o‘quv seminarlari respublikamizning barcha viloyatlarida  bo‘lib o‘tadi // Namangan viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun sayyor qabul va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini oshirishga oid masalalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi / / Milliy gvardiya tizimida o‘tkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi va unda ko‘krak nishonlar o‘z egalariga topshirildi // Toshkent viloyatida aholini, ayniqsa yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida hamkor vazirliklar tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi / / Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchilar bilan dala-o‘quv maydonlarida amaliy o‘q otish hamda taktik-tibbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borildi / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya saflarida xizmat qilishga yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilarning Vatanga va Milliy gvardiyaga xizmat qilishlari to‘g‘risidagi qasamyodiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga doir chora-tadbirlar / / 25 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni! Ushbu sana munosabati bilan barcha Ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylarini Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz! / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “BRIKS plyus” formatidagi sammitda so‘zlagan nutqi  / / Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchilar bilan dala-o‘quv maydonlarida amaliy o‘q otish hamda taktik-tibbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borildi / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya saflarida xizmat qilishga yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilarning Vatanga va Milliy gvardiyaga xizmat qilishlari toʻgʻrisidagi qasamyodiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. // “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi / / Bilimlar-sinovlarda va yuqori jangovar shaylik o‘quv mashqlarda toblanadi. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining yuqori bosqich kursantlari dala o‘quv poligonlarida amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda  / / Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasining "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" boshlandi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ham hududlarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash shuningdek, muhofazasini taʼminlash ishlari tashkillashtirilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi // Saylovlarni oʻtkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi / / Olmaliq shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati rivojining hozirgi holati va kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida: kecha va bugun! Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Von Do Yon bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya markazining xizmat itlari MDH davlatlari chempioni nominatsiyasini qo‘lga kiritdi  / / “Milliy gvardiya qo‘shinlarida jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi  / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlari bo‘lib o‘tdi  / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya tizimidagi mutaxassis-kinologlar bilan “Dog-biatlon”, "Mina qidirish" va “Antiterror” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng yaxshi kinolog” sport musobaqasi o‘tkazildi  

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida: kecha va bugun!

Mamlakatimizda qo‘mondonlik va texnik kadrlar tayyorlaydigan, bir nechta o‘quv muassasalarini birlashtirgan ko‘p bosqichli harbiy taʼlim tizimi yaratilgan. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti shulardan biridir.

Mazkur bilim yurti, 1990 yil 15 oktyabrda Ichki ishlar vazirligining Oliy kurslari bazasida malakali ofitser kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun tashkil etilib, (SSSR IIV Ichki qo‘shinlari) Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurti deb nomlangan.

Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 yanvardagi Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olinib, Ichki ishlar vazirligi tizimiga kiritilgan.

Bilim yurti 1991 yili ilk kursantlarni qabul qilib, 1995 yilda dastlabki bitiruvchilarni tayyorlab chiqargan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti: IIV qo‘shinlari va idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadigan, mamlakat xavfsizligi vazifalarini samarali bajarishga qodir bo‘lgan oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblangan.  

2017 yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5005-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Harbiy-texnik instituti etib qayta tashkil qilingan.

2017 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganidan so‘ng, sohaga malakali va professional kadrlarni tayyorlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil noyabridagi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi IIV Harbiy-texnik instituti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tasarrufiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-son qaroriga muvofiq Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti negizida qayta tashkil etildi.

 Universitetga 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab talabalar qabul qilina boshlagan. Bakalavriatda 15, magistraturada 8 yo‘nalish bor. Bugungi kunda bakalavriatda mingdan ortiq kursant, maxsus yo‘nalish, sirtqi taʼlim va magistraturada yana shuncha yoshlar tahsil olmoqda. Ularga jami 209 nafar o‘qituvchi, professor va fan doktorlari yurisprudensiya, iqtisodiyot va psixologiya taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha saboq berib kelmoqda.

Hozirda, Universitet bitiruvchilari Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining jamoat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash hamda qo‘riqlash tuzilmasi, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi yo‘nalishlari bo‘linmalarida,   shuningdek,  Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun esa harbiy diplomatiya, yurisprudensiya, iqtisodiyot, muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo‘mondonlik-taktik faoliyat sohalarida  xizmat qilib kelmoqdalar.

Joriy yilning 29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni  Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurib amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Prezidentimiz ofitser va talabalar bilan muloqotda bo‘lib, dual taʼlimni keng joriy qilish, o‘quv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Hozirda,  Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan  vazifalarning amaliy ijrosi Milliy gvardiya qo‘mondoni nazoratiga olinib,  Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati boshchiligida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Text to speech