SHHT SAMMITIDAGI DAVLATIMIZ RAHBARI NUTQINING MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILDI

Joriy yilning 21 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida “ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisidagi Prezident nutqining mazmun-mohiyatini o‘rganish” mavzusida ma'naviy - ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan mavzu doirasida belgilagan ustuvor vazifalar bo‘yicha harbiy xizmatchi va xodimlarga keng qamrovli tushunchalar berilib, ularning ijrosi ta'minlanishida kuch tuzilmalari muhim ahamiyat kasb etishi yuzasidan fikrlar bildirildi.
Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari uchun kerakli va qiziqarli bo‘lgan batafsil ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech