O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida, Turkiya jandarmeriyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari va tajriba almashish yuzasidan kelishuvlarga erishildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi va Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qo‘l jangi sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida "gi qarorni imzoladi  / / Milliy gvardiyaning 1215 qisqa raqamli telefon tarmog‘i faoliyati yo‘lga qo‘yildi / / “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti bitiruvchilari yosh ofitserlariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Buyuk Britaniya Qirollik polki harbiy orkestrlarining ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Sirdaryo viloyatida, Milliy gvardiyaning dala o‘quv bazasida tashkil etilgan harbiylashtirilgan yozgi oromgohga navbatdagi yoshlar guruhi qabul qilindi. / / Toshkent viloyati va shahrida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishda hamkor vazirliklarning birgalikdagi harakatlari yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi universitetining bitiruv bosqich kursantlari yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladilar / /  Milliy gvardiya mintaqaviy o‘quv markazlarida "Harbiy vatanparvarlik" oromgohlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda mahalliy yoshlar ham hordiq chiqarishi mumkin / / Milliy gvardiyaning bir qator faxriylari faxriylar harakatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun ilk bor “Milliy gvardiya fahriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XVIII Xalqaro futbol turniri g‘olibiga aylangan Mehribonlik uyi yosh sportchilari bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Oldin xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi XVIII Xalqaro futbol turniri mutlaq g‘olibi bo‘lgan, Toshkent shahridagi 21,22-sonli hamda Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat “O‘zbekiston” terma jamoasi yosh sportchilari va murabbiylarini qutlash uchun Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev uchrashdi.

Milliy gvardiya markaziy devoni va poytaxtimizdagi Mehribonlik uyi mutasaddi rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur tantanali tadbirda, Milliy gvardiya qo‘mondoni yosh sportchilarimizning har biri bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning xalqaro turnirdagi ilk g‘alabasiga yuqori baho berdi.

Shundan so‘ng yosh sportchilarimiz, Azamov Javohir(Chirchiq shahar 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi) , Begmatov Shohrux, Fok Sarvarbek, Kononenko Aleksandr(Toshkent shahar 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari), Dmitrev Arslan, Pardayev Kamronbek, Kleventov Rim, Xoldorov Muhammadsodiq, Danayev Diyor (22 sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari) hamda murabbiylar Mannopov Abdulaziz va Timur Masharipovlarni taqdirlash uchun Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i o‘qib eshittirilib, ularning har biri munosib rag‘batlantirildi.

Uchrashuv yakunida qo‘mondonlik tomonidan, yosh sportchilarimizga o‘qib bilim olishlari, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari va kelgusi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi taʼkidlanib, mamlakatimiz futbolini yangi bosqichga olib chiqishlariga va Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarilishida munosib hissalarini qo‘shishlariga katta ishonch bildirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech