SPORTNING “KIKBOKSING” TURI BO‘YICHA MILLIY GVARDIYA FARG‘ONA VILOYATI BO‘YICHA BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING KUBOGI YAKUNLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni va O‘zbekiston Kikboksing Assotsiatsiyasi Prezidentining hamkorlik Memorandumi ijrosini taʼminlash maqsadida, 21-22 iyul kunlari Farg‘ona shahridagi “Olimpiya zaxiralari kolleji” sport majmuasida sportning “Kikboksing” turi bo‘yicha Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining kubogi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 12 ta vazn toifasida 100 ga yaqin sportchi yoshlar hamda 30 ga yaqin huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘zaro jang o‘tkazdi.

Bellashuvlar so‘ngida Milliy gvardiya jamoasi aʼzolari G.Normatova (51 kg), B.Ramazonov (54 kg), Sh.Jumanazarov (63 kg), Z.Aliberdiyeva (67 kg), Sh.Abduraximov (90 kg)lar final jangida ishtirok etib, yakunda o‘z vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Umumjamoa hisobiga ko‘ra 3-o‘rin yoshlar jamoasi, 2-o‘rin IIB jamoasi, faxrli 1-o‘rin Milliy gvardiya jamoasi qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech