Ўзбекистонлик спортчилар қўл жанги бўйича халқаро чемпионатда 18 та олтин медални қўлга киритишди ва умумжамоа ҳисобида ҳам 1-ўринни эгаллашди. // Жамоат хавфсизлиги университети вакили лейтенант Алина Ҳакимова Триатлон бўйича Халқаро чемпионатда тўрт маротаба ҳам биринчи ўринни эгаллади. Миллий гвардия Самарқанд вилояти бўйича ҳарбий хизматчилари эстафетада ғолиб чиқиб, биринчи ўринни қўлга киритишди.

Buxoro shaxridagi Xarbiy shaxarchada yoshlar uchun kurgazmali mashgulotlar tashkillashtirildi

2022 yilning 11 yanvar kuni Buxoro shahridagi harbiy shaharchada Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Qo‘riqlash boshqarmasi, viloyat Mudofaa boshqarmasiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchi va xodimlarining oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik vakillari uchun tashkil etilgan yarmarkada, tashkilotchilar tomonidan turli kasb-hunarlar bo‘yicha doimiy ish o‘rinlari taklif etildi. Qiziquvchilar o‘zlari uchun maʼqul deb topgan ishni tanlab shu joyning o‘zida mehnat shartnomasi tuzish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.

Harbiylar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar, harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuylar hamda bolajonlarning ajoyib raqslari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Yoshlar esa qurol-aslahalar, harbiy texnikalar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Shu bilan birga yigit-qizlar ot sporti hamda kamondan otish sport turlarini keng targ‘ib etish bo‘yicha tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan ham tanishdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech