YUQORI JISMONIY TAYYORGARLIK- JANGOVAR SHAYLIKNING ASOSIDIR
Jizzax viloyatida futbol boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi oʻtkazildi. Unda 16 ta jamoa yashil maydonda gʻoliblik uchun kurash olib bordi. Barcha bahslar qiziqarli, keskin va murosasiz kechdi. Final bellashuvida Toshkent va Qoraqalpogʻiston jamoalari maydonga tushishdi. Ushbu oʻyinda Toshkent shahar boshqarmasi jamoasi zafar quchib, gʻolib boʻldi. Oʻz-oʻzidan faxrli ikkinchi oʻrin Qoraqalpogʻiston jamoasiga nasib qildi.
Uchinchi oʻrin uchun hamjihatlikda toʻp surgan Qashqadaryo jamoasi futbolchilari Fargʻona jamoasi ustidan yaqqol ustunlik qildi.
Musobaqaning yopilish marosimida gʻoliblarga kubok, medal, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, sportchilar turli nominatsiyalar boʻyicha ham munosib taqdirlandilar.
Shuni taʼkidlash joizki, bu kabi musobaqalar doʻstona raqobatni oshirib, harbiy xizmatchilarning oʻzaro jamoa boʻlib bir maqsad sari harakat qilishlari uchun keng zamin yaratmoqda.