HARBIY XIZMATCHILAR O‘RTASIDA SPORTNING POLO TURI BO‘YICHA MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida ot sporti hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning iqtidorli farzandlarini hamda ushbu sportga qiziquvchan yoshlarni saralab, ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida bugungi kunda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kuni kecha harbiy xizmatchilar o‘rtasida ot sportining polo turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va hayajonga boy bo‘lgan bahslar barchada katta taassurot qoldirdi. Bu kabi musobaqalar harbiy xizmatchilar o‘rtasida muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech