Davlatimiz rahbarining “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga sharh. // 4 AVGUST MILLIY GVARDIYA TASHKIL TOPGAN KUN! // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi // Milliy gvardiya xodimining sheʼriy to‘plami chop etildi // Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tantanali qasamyod qabul qilish va sertifikat topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi / / Farg‘ona viloyati IIB hamda Milliy Gvardiya xodimlari hamkorligida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi / / G‘ijduvonda noqonuniy ravishda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarib kelayotgan sex faoliyatiga chek qo‘yildi / / O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi tashkil etilganligining 104 yilligini nishonladi  / /Qoraqalpog‘iston Respublikasida vaziyat barqarorlashdi // Favqulodda holat davrida soat 21:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amal qiladi / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Rustam Djurayev komendantura boshlig‘i etib tayinlandi. Prezident farmoni bilan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida soat 00 dan boshlab favqulodda holat tartibi joriy etildi: 2022-yil 3-iyul soat 00- 01 dan 2022-yil 2-avgust soat 00:00 gacha // Qoraqalpog‘istonga kirish va chiqish cheklangan, ommaviy tadbirlar taqiqlanadi. // O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetini tamomlagan magistrlarni bitirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida, Turkiya jandarmeriyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari va tajriba almashish yuzasidan kelishuvlarga erishildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi va Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qo‘l jangi sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida "gi qarorni imzoladi  / / Milliy gvardiyaning 1215 qisqa raqamli telefon tarmog‘i faoliyati yo‘lga qo‘yildi / / “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti bitiruvchilari yosh ofitserlariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Buyuk Britaniya Qirollik polki harbiy orkestrlarining ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Sirdaryo viloyatida, Milliy gvardiyaning dala o‘quv bazasida tashkil etilgan harbiylashtirilgan yozgi oromgohga navbatdagi yoshlar guruhi qabul qilindi. / / Toshkent viloyati va shahrida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishda hamkor vazirliklarning birgalikdagi harakatlari yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi universitetining bitiruv bosqich kursantlari yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladilar / /  Milliy gvardiya mintaqaviy o‘quv markazlarida "Harbiy vatanparvarlik" oromgohlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda mahalliy yoshlar ham hordiq chiqarishi mumkin / / Milliy gvardiyaning bir qator faxriylari faxriylar harakatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun ilk bor “Milliy gvardiya fahriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Milliy gvardiyaning 1215 qisqa raqamli telefon tarmog‘i faoliyati yo‘lga qo‘yildi

2022 yil 15 iyundan Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari navbatchilik qismlarida “1215” qisqa raqamli telefoni tarmog‘i faoliyati tashkil etildi.

Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘ida belgilanganidek:

– “qisqa raqamli telefon” orqali – fuqarolarning, shuningdek Milliy gvardiya bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarining qo‘ng‘iroqlari qabul qilinadi, ro‘yxatga olinadi va har kuni soat 09:00ga qadar birinchi rahbarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi;

– hududiy boshqarmalar boshliqlari o‘z vakolati doirasida qisqa raqamli telefon orqali tushayotgan qo‘ng‘iroqlar masalasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini va hal etilishini taʼminlaydilar.

“Qisqa raqamli telefon” – fuqarolarning Milliy gvardiya tizimiga xabari va maʼlumotini og‘zaki shaklda real vaqt rejimida qabul qilish uchun mo‘ljallangan telefon aloqasining (ko‘p kanalli) maxsus liniyasi hisoblanadi. Fuqarolarning Milliy gvardiya organlaridan amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rashi, buzilgan huquqlarini himoya qilishni talab qilishi, tizim faoliyatiga oid tavsiyalar berishi hamda voqea (hodisalar) haqida xabar berishi mo‘ljallangan.

Jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklar haqida xabarlar – jinoyat va maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqbuzarlikning sodir bo‘lgani (sodir etilishi) haqida maʼlumotlardan iborat bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (329-moddasi) va O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (305-306-moddalari) belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladigan xabar;

Anonim qo‘ng‘iroqlar “qisqa raqamli telefon” orqali familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni, javob yuborish uchun pochta manzilini, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamini maʼlum qilmagan, shuningdek, so‘zlashuv mohiyati va mazmunini bayon qilinmagan qo‘ng‘iroqlar ko‘rib chiqilmaydi.

Qo‘ng‘iroqlar butun O‘zbekiston Respublikasi barcha hududidan 1215 yagona raqam orqali qo‘ng‘iroq qilish yo‘li bilan “bepul” amalga oshiriladi.

“Qisqa raqamli telefon” navbatchilik qismlarida 24 soat mobaynida tunu–kun faoliyat olib boradi.

Qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish davomiyligi – 20 daqiqadan oshmasligi lozim, ushbu muddat tugagandan keyin qo‘ng‘iroq avtomatik tarzda aloqa tarmog‘idan uziladi.

“Qisqa raqamli telefon”ga tushgan qo‘ng‘iroq bo‘yicha har kun ertalab soat 09:00 dan kechiktirmay – Milliy gvardiya bo‘linmalari rahbarlariga (hududiy boshqarma boshlig‘iga) yozma  axborot beriladi.

“Qisqa raqamli telefon”ning maqsadi:

Milliy gvardiya tizimiga qo‘ng‘iroq qilishning texnik imkoniyatlarini kengaytirish va muloqotning qulay mexanizmini joriy etish;

Milliy gvardiya vakolatiga kiradigan masalalarni va muammolarni tezkorlik bilan hal etish, shu jumladan jamoat tartibini saqlash
va huquqbuzarliklarning oldini olishda foydalanish;

fuqarolarning Milliy gvardiya bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash;

aholi va tadbirkorlik subyektlarining Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatilishi uchun sarflanadigan vaqti va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish.

“Qisqa raqamli telefon” quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

qo‘ng‘iroq qiluvchilarni Milliy gvardiya faoliyatiga oid ochiq axborotlar bilan taʼminlash;

fuqarolarga Milliy gvardiya tizimiga shikoyat qilish tartibi to‘g‘risida maʼlumotlar berish;

aholiga huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berib borish.

qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan holatlarda so‘zlashuvlarni yozish va identifikatsiyalash mexanizmlaridan foydalanish.

Milliy gvardiya Axborot xizmati

“Qisqa raqamli telefon”ning maqsadi:

Milliy gvardiya tizimiga qo‘ng‘iroq qilishning texnik imkoniyatlarini kengaytirish va muloqotning qulay mexanizmini joriy etish;

Milliy gvardiya vakolatiga kiradigan masalalarni va muammolarni tezkorlik bilan hal etish, shu jumladan jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda foydalanish;

fuqarolarning Milliy gvardiya bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash;

aholi va tadbirkorlik subyektlarining Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatilishi uchun sarflanadigan vaqti va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish.

“Qisqa raqamli telefon” quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

qo‘ng‘iroq qiluvchilarni Milliy gvardiya faoliyatiga oid ochiq axborotlar bilan taʼminlash;

fuqarolarga Milliy gvardiya tizimiga shikoyat qilish tartibi to‘g‘risida maʼlumotlar berish;

aholiga huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berib borish.

qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan holatlarda so‘zlashuvlarni yozish va identifikatsiyalash mexanizmlaridan foydalanish.

 

Milliy gvardiya axborot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech