ULOQ KO‘PKARI MUSOBAQALARI YOSHLARDA KATTA QIZIQISH UYG‘OTMOQDA

Joriy yilning 16 sentyabr' kuni  Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Qumqo‘rg‘on tumani Qo‘riqlash bo‘limi tashabbusi bilan, Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi bilan hamkorlikda, tumanning “G‘alaba” mahallasi qir adirlarida “Uloq ko‘pkari” musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur bellashuvda nomdor chavandozlar hamda uyushmagan yoshlar, shuningdek,  tumanning bolalar va o‘smirlar sport maktabi qoshida tashkil etilgan “chavandozlar to‘garagi” yoshlari faol ishtirok etishdi. Tashkil etilgan musobaqa surxondaryolik yoshlarda katta taassurot qoldirdi

Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan uloq ko‘pkarida, chavandozlar, halollik bilan uloqni belgilangan marraga eltib, tashkilotchilar tomonidan qo‘yilgan qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech