“YOSh GVARDIYACHI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy tumanlari va Nukus shahrida joylashgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari o‘rtasida, “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa to‘qqizta shartdan iborat bo‘lib, o‘quvchilar jamoalarni tanishtirish, saf tayyorgarligi, belgilangan masofaga yugurish, zararlangan hududdan o‘tish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish shartlarida o‘zaro kuch sinashdi.

Bellashuv yakunida g‘oliblar aniqlanib, ularni taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Yusupov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri R.Reymov, Yoshlar ishlar agentligi mutaxassislari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar, yoshlarning qaysi kasb egasi bo‘lishlaridan qatʼiy nazar, avvalo vatanni asrab avaylash hamda xalq xizmati uchun hamisha tayyor bo‘lish kerakligi to‘g‘risida taʼkidlab o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalarga kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech