YoSHLARNING OT SPORTIGA BO‘LGAN QIZIQISHLARI ORTMOQDA

Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Oqoltin tuman qo‘riqlash bo‘limi va Sirdaryo viloyati chavandozlar maktabi hamda Sirdaryo viloyati yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda Milliy gvardiyasi ixtisoslashtirilgan o‘quv markazining dala o‘quv bazasida maktab o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlar uchun ot sport o‘yinlari va ot ustida kurash sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Tadbir davomida malakali chavandozlar tomonidan yosh avlodga otning xususiyatlari, ot minish va uni jilovlash, parvarish qilish va boqish sir-asrorlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi. Tadbir so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan chavandozlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech