Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. // Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasida oʻquvchi yoshlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirning ikkinchi qismida umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. // Oʻquvchilar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun bahslar sektorlar kesimda bosqimcha-bosqich davom etmoqda. // Yosh gvardiyachilar harbiy-vatanparvarlik sinfi ochildi // Chinoz tumani Avg'on mahallasida joylashgan 26-sonli umumta'lim maktabida Milliy gvardiya tashabbusi bilan Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab bo'limi va ichki ishlar bo'limi hamkorligida "Yosh gvardiyachilar" sinfi tashkil etildi. // Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrif buyurdi // Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Yoshlarning yozgi taʼtil kunlari mazmunli o‘tmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Moddiy-texnik taʼminot markaziy bazasida “Yoshlar oyligi” doirasida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

“Armiya-yoshlar nigohida” mavzusida bo‘lib o‘tgan ochiq eshiklar kuni munosabati bilan harbiy qism 200 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni o‘z bag‘riga chorladi.

Mazkur tadbir Chilonzor tumani hokimligi, tuman Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi hamda Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limlari va Toshkent shahri bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda tumanning umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari, akademik-litsey bitiruvchi yoshlari hamda “Samo” yoshlar ijod markazi aʼzolari va shuningdek mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbir boshida so‘zga chiqqanlar “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlarimizga harbiy-vatanparvarlik ruhini yana-da to‘laroq singdirishga hamda ularning maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratilganligini alohida taʼkidlab o‘tishdi.

Shuningdek, o‘z xizmat faoliyatini olib borish bilan birga sportning turli yo‘nalishlarida Jahon va Osiyo chempionligiga sazovor bo‘lgan ayol harbiy xizmatchilar ham yoshlarga maqsad sari intilishda o‘zining kerakli tavsiyalarini berdi.

Shundan so‘ng, “Samo” yoshlar ijod markazi tomonidan tayyorlangan konsert dasturiga navbat berildi. Markazning isteʼdodli ijodkorlarining Vatan haqida kuylagan qo‘shiqlari, ayniqsa, kichik yoshdagi bolajonlarning ijrosi tadbir ishtirokchilarida iliq taassurotlar qoldirdi. Taʼkidlash joizki, eng faol tadbir qatnashuvchilarining mutasaddilar tomonidan rag‘batlantirilishi ham ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatini yana-da rivojlantirishga turtki bo‘ladi.

Musiqiy chiqishlardan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy texnikalar hamda qurol aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda o‘quvchi-yoshlar mazkur mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Harbiy qismga uyushtirilgan sayohat davomida bo‘lsa muddatli harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir so‘nggida, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida sportning stol tennisi, shaxmat-shashka turlari hamda milliy o‘yinlarimizdan arqon tortish bo‘yicha o‘zaro bellashuvlar tashkil qilindi.

O‘ylaymizki, bugungi tadbir o‘quvchi-yoshlarning yozgi taʼtil davridagi vaqtlarini mazmunli o‘tishiga hamda beshta tashabbus yo‘nalishi bo‘yicha ularning qiziqishi yana-da ortishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Text to speech