Davlatimiz rahbarining “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga sharh. // 4 AVGUST MILLIY GVARDIYA TASHKIL TOPGAN KUN! // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi // Milliy gvardiya xodimining sheʼriy to‘plami chop etildi // Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tantanali qasamyod qabul qilish va sertifikat topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi / / Farg‘ona viloyati IIB hamda Milliy Gvardiya xodimlari hamkorligida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi / / G‘ijduvonda noqonuniy ravishda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarib kelayotgan sex faoliyatiga chek qo‘yildi / / O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi tashkil etilganligining 104 yilligini nishonladi  / /Qoraqalpog‘iston Respublikasida vaziyat barqarorlashdi // Favqulodda holat davrida soat 21:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amal qiladi / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Rustam Djurayev komendantura boshlig‘i etib tayinlandi. Prezident farmoni bilan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida soat 00 dan boshlab favqulodda holat tartibi joriy etildi: 2022-yil 3-iyul soat 00- 01 dan 2022-yil 2-avgust soat 00:00 gacha // Qoraqalpog‘istonga kirish va chiqish cheklangan, ommaviy tadbirlar taqiqlanadi. // O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetini tamomlagan magistrlarni bitirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida, Turkiya jandarmeriyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari va tajriba almashish yuzasidan kelishuvlarga erishildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi va Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qo‘l jangi sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida "gi qarorni imzoladi  / / Milliy gvardiyaning 1215 qisqa raqamli telefon tarmog‘i faoliyati yo‘lga qo‘yildi / / “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti bitiruvchilari yosh ofitserlariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Buyuk Britaniya Qirollik polki harbiy orkestrlarining ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Sirdaryo viloyatida, Milliy gvardiyaning dala o‘quv bazasida tashkil etilgan harbiylashtirilgan yozgi oromgohga navbatdagi yoshlar guruhi qabul qilindi. / / Toshkent viloyati va shahrida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishda hamkor vazirliklarning birgalikdagi harakatlari yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi universitetining bitiruv bosqich kursantlari yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladilar / /  Milliy gvardiya mintaqaviy o‘quv markazlarida "Harbiy vatanparvarlik" oromgohlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda mahalliy yoshlar ham hordiq chiqarishi mumkin / / Milliy gvardiyaning bir qator faxriylari faxriylar harakatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun ilk bor “Milliy gvardiya fahriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

MILLIY GVARDIYA QO‘MONDONI KAMONDAN OTISH FEDERATSIYASIGA RAHBAR ETIB SAYLANDI

Bugun Turizm va sport vazirligida O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R.Shoabduraxmonov, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev mutasaddi tashkilotlar vakillari, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan delegatlar hamda murabbiylar va boshqa mutaxassislar qatnashdi.

Yig‘ilishda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratish, kamondan otish sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligi, bu borada aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar kamondan o‘q otish sport turi - milliy sport turi ekanligini alohida ta’kidlab, mazkur sport turiga qaratilayotgan e’tibor milliy qadriyatlarimizning tiklanishiga va bu orqali yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi, bu esa davlatimizning mazkur yo‘nalishdagi islohotlarining bosh mezoni ekanligini aytib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga muvofiq, federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi, so‘ngra Kamondan otish federatsiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni R.Djurayev nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Yig‘ilish so‘ngida, yangi saylangan federatsiya raisi bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik izhor etib, Davlatimiz Rahbarining 2021 yil 17 iyundagi Qarori talablari asosida kamondan otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasining qisqacha mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, asosiy e’tibor Parijda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritish hamda sportchilarimizning sovrinli o‘rinlarni egallashiga erishishga qaratilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz Milliy gvardiya qo‘mondoni 2020 yilning sentabr oyida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi rahbari etib tayinlangan edi, shuningdek Milliy gvardiya qo‘mondoni tashabbusi bilan joriy yilning avgust oyida Funksional ko‘pkurash federatsiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech